GGDROP

Dildora Niyozova – Mehrim kammidi, Qo’shiq matni

Eslasam, qalbim og`rinar,
Yurak talpinar sen tomon, sen tomon.
Ko`zlarim ham sog`inar,
U qachon talpinar men tomon, men tomon?

Dilim sog`inib, ko`zimdan ham sog`inar
Yo`l tomon, qarab yo`l tomon.
Ko`rmasam, sog`inar, qanchalar og`rinar
Dil yomon, dil yomon.

Berganing g`ammidi, g`ammidi, g`ammidi?
Yo sevgim kammidi, kammidi, kammidi?
G`am-alam jammidi, jammidi, jammidi
Sevgingda yor, qalbingda yor?

Berganing g`ammidi, g`ammidi, g`ammidi?
G`am-alam jammidi, jammidi, jammidi?
Yo mehrim kammidi, kammidi, kammidi,
Ayt, senga yor, ayt menga yor?

Yurakka o`q sanchilar,
Borgim kelar qanchalar u tomon, u tomon.
Beparvo qanchalar,
Dilimni parchalar u hamon, u hamon.

Hatto bir kunim o`tsa, sensiz ko`zlarim kulsa,
Bu yolg`on, bu yolg`on.
Sevgimdan tonmadim, voz kecha olmadim,
Yor, oson, yor, oson.

Рекомендуем:  quiizzzmeow - Улитка

Berganing g`ammidi, g`ammidi, g`ammidi?
Yo sevgim kammidi, kammidi, kammidi?
G`am-alam jammidi, jammidi, jammidi
Sevgingda yor, qalbingda yor?

Berganing g`ammidi, g`ammidi, g`ammidi?
G`am-alam jammidi, jammidi, jammidi?
Yo mehrim kammidi, kammidi, kammidi,
Ayt, senga yor, ayt menga yor?

Поделиться с друзьями
MP3LYRICS
Добавить комментарий