GGDROP

Rayhon – Ayt nega, Qo’shiq matni

Xayolim oldi bu tungi yog`du,
Bu holatim mahzun.
Jondan o`tdiku hijron uzun-uzun.
O`ylab yetib bo`larmidi qoshingga,
Ishq dardini solib boshimga,
Yolg`izlab ketding.

Ayt nega, peshonamga yozilgani hazilmi?
Ishqingda esidan ayrilgan
Devonaga bo`lib ketdingmi?
Ayt, menga sendan boshqa yor topilarmu?
Diydoringsiz ikki dunyoda
Kuyishimni bilib ketdingmi?

Haliyam ko`ngil tubida ezgu
Nodonligim qurg`ur.
Afsuslarim chuqur, chuqur, chuqur.
O`ylab yetib bo`larmidi qoshingga,
Ishq dardini solib boshimga,
Yolg`izlab ketding.

Ayt nega, peshonamga yozilgani hazilmi?
Ishqingda esidan ayrilgan
Devonaga bo`lib ketdingmi?
Ayt, menga sendan boshqa yor topilarmu?
Diydoringsiz ikki dunyoda
Kuyishimni bilib ketdingmi? (x1+x1)

Рекомендуем:  "Горит" - Надя Дорофеева
Поделиться с друзьями
MP3LYRICS
Добавить комментарий