GGDROP

Yulduz Usmonova – Qirolichaman

Kerak emas osmondagi oy,
Yetar bizga yerdagi chiroy,
Oy shuʼlasi ogʻushidaykan-ey,
Men sen bilan qirolichaman.

Agar dunyoni suv olsa ham,
Osmonini tashlasalar ham,
Bilsin elakda elaganlar-ey,
Men sen bilan qirolichaman.

Olamda yolgʻizim, unutma bir soʻzim,
Sening-la men faqat qirolichaman.
La-la-lay, lay-la-lay, la-la-lay, lay-la-lay,
La-la-lay, lay-la-lay, qirolichaman.

Yaqinlarim tushunmasalar,
Meni gunohkor deb bilsalar,
Oz boʻlsa ham baxtli boʻloyin-ey,
Men sen bilan qirolichaman.

Mayli meni oʻtga tashlasang,
Devona-yu Mashrab deb bilsang,
Oh, bilib menga xiyonat qilsang-ey,
Senga uvol qirolichaman.

Sevgila bu qalbim, yosh toʻla koʻzlarim,
Sen bilan dunyoda qirolichaman.
Olamda yolgʻizim, unutma bir soʻzim:
Sen bilan, hayotim, qirolichaman.

La-la-lay, lay-la-lay, la-la-lay, lay-la-lay,
La-la-lay, lay-la-lay, qirolichaman. (x2)
La-la-lay, lay-la-lay, qirolichaman…

Рекомендуем:  НЕ НЕЖНАЯ - ОРГАЗМ
Поделиться с друзьями
MP3LYRICS
Добавить комментарий