GGDROP

Bojalar – To’rtta qizimni sog’inib

Yig’layapman,
Qalbim notinch, janonam.
Sen ketib uydan,
Bo’shab qoldi oshxonam.

To’rtta qizim sog’inib,
Vayron bo’ldi koshonam.
Sendan o’g’il talab qilgan
Voy, maning tilim qursin.

Man mashinamda boraman,
To’rtta qizga otaman.
Xorim-xorim kuylayman,
La-la-la, la-la-la-la.

Man Jigulida boraman,
To’rtta qizim sog’inib.
Xorim-xorim kuylayman,
La-la-la, la-la-la-la.

Mashinam buzilib qolib,
Bozordan mayda-chuyda olib,
“Oгород”dan gullar terib,
Yoningga boraman.

Mahallada g’iybatchilar
Mening ustimdan ham kular.
Qiz boqishning gashtin ular
Qaydan ham bilishar?

Man mashinamda boraman,
To’rtta qizga otaman.
Xorim-xorim kuylayman,
La-la-la, la-la-la-la.

Man Jigulida boraman,
To’rtta qizim sog’inib.
Xorim-xorim kuylayman,
La-la-la, la-la-la-la.

Sog’inarman
Seni har kuni, jonim.
Sen qaytsang yonimga,
Nurga to’lar koshonam.

Mahallada g’iybatchilar
Mening ustimdan ham kular.
Qiz boqishning gashtin ular
Qaydan ham bilishar?

Man mashinamda boraman,
To’rtta qizga otaman.
Xorim-xorim kuylayman,
La-la-la, la-la-la-la.

Man Jigulida boraman,
To’rtta qizim sog’inib.
Xorim-xorim kuylayman,
La-la-la, la-la-la-la.

Рекомендуем:  Ярина - Небо
Поделиться с друзьями
MP3LYRICS
Добавить комментарий